Jinoyat-protsessual kodeksi

581-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish

(581-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-664-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/664/0014-сон)

Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash haqidagi ishni yuritishni to'xtatish va tugatish, ushbu choralarni qo'llash, ularni bekor qilish yoki o'zgartirish, ishni yuritishni umumiy tartibda tiklash, shuningdek tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki o'zgartirishni rad etish to'g'risidagi hamda ish yuritishni umumiy tartibda tiklashni rad etish to'g'risidagi sud ajrimi ustidan o'ziga nisbatan sud ajrimi chiqarilgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchi va uning vakili xususiy shikoyat berish, prokuror esa xususiy protest bildirish huquqiga ega. Fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi masala bo'yicha sud ajrimining fuqaroviy da'voga tegishli qismi ustidan xususiy shikoyat berishga haqli. Ushbu moddada nazarda tutilgan ajrimlar ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni apellyatsiya instantsiya sudi ushbu Kodeksning 55²-bobida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda ko'rib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.