Jinoyat-protsessual kodeksi

510-modda. Taftish tartibida qayta ko'rilishi mumkin bo'lgan sud hukmlari, ajrimlari

Qoraqalpog'iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko'rilgan ishlar bo'yicha apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ko'rib chiqiladi. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida ko'rib chiqiladi: jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko'rilgan ishlar bo'yicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instantsiya bo'yicha chiqarilgan va ayni shu sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instantsiya tariqasida ko'rilgan ishlar bo'yicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan taftish tartibida chiqarilgan hukmlar, ajrimlar O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.