Quyidagi ishlar bo'yicha:
1) voyaga yetmaganlarning ishi bo'yicha;
2) soqovlar, karlar, ko'rlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli o'zini o'zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi bo'yicha;
3) sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi bo'yicha;
4) jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo'lgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi bo'yicha;
5) shaxslarning manfaatlari o'zaro qarama-qarshi bo'lib, ulardan aqalli biri himoyachiga ega bo'lgan ishlar bo'yicha;
6) davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar bo'yicha;
7) jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda;
8) tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlarda;
8.¹) sud tomonidan dastlabki eshituv o'tkazilayotgan ishlarda;
8.²) o'ta og'ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar bo'yicha;
8.³) shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog'i muddatini uzaytirish masalasi ko'rib chiqilayotganda;
8.⁴) aybiga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzilgan ishlar bo'yicha;
9) apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyalari sudi tomonidan ko'riladigan ishlarda himoyachi ishtirok etishi shart.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va boshqa holatlari tufayli gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'z huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi mumkin degan xulosaga kelsa, boshqa ishlar bo'yicha ham himoyachining ishtirok etishini shart deb topishga haqlidir.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko'ra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan bo'lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ushbu Kodeks 50-moddasining to'rtinchi — o'ninchi qismlarida belgilangan tartibda jinoyat ishi bo'yicha himoyachining ishtirokini ta'minlashi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
51-modda. Himoyachi ishtirok etishi shart bo'lgan hollar
(51-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-915-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.02.2024 й., 03/24/915/0160-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.