Jinoyat-protsessual kodeksi

501-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini kassatsiya tartibida qayta ko'rishga yo'l qo'yiladigan muddat

Agar shikoyatda yoki protestda og'irroq jinoyat to'g'risidagi qonunni qo'llash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish to'g'risidagi yoxud mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa o'zgarishlar haqidagi qonunni qo'llash to'g'risidagi masala qo'yilgan bo'lsa, sudning ayblov hukmini yoxud ajrimini kassatsiya tartibida qayta ko'rishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish to'g'risidagi ajrimini kassatsiya tartibida qayta ko'rishga faqat ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil ichida yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.