Qonuniy kuchga kirgan hukmlar, ajrimlar ustidan kassatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin:
1) jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan — Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;
2) hududiy harbiy sudlarning hukmlari, ajrimlari ustidan — O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga;
3) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari, ajrimlari ustidan — ayni shu sudlarga.
Kassatsiya shikoyatlari va protestlari hukmni, ajrimni chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita kassatsiya instantsiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud uni hukmni, ajrimni chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
500-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
(500-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.