Jinoyat-protsessual kodeksi

481-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan ko'rishda prokurorning ishtirok etishi

Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko'rishda prokuror ishtirok etadi. Jinoyat ishining ko'rilishida: 1) Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hay'atlarida — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning o'rinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; 2) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o'rinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; 3) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosarlari ishtirok etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.