Jinoyat-protsessual kodeksi

471-modda. Hukmning qaror qismida hal qilinishi lozim bo'lgan boshqa masalalar

(471-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 15 августдаги ЎРҚ-1081-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.08.2025 й., 03/25/1081/0738-сон)

Ayblov hukmining ham, oqlov hukmining ham qaror qismi, ushbu Kodeksning 468 va 470-moddalarida ko'rsatilgan masalalardan tashqari, quyidagilarni o'z ichiga olishi lozim: 1) sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish to'g'risida ushbu Kodeksning 255 — 260-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; sudlanuvchining O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish to'g'risida ushbu Kodeksning 254⁷ — 254¹¹-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; qo'zg'atilgan fuqaroviy da'vo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash to'g'risida ushbu Kodeksning 283 — 289-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; 2) ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar to'g'risida ushbu Kodeksning 289-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror; 3) protsessual chiqimlar to'g'risida ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror; 4) hukm ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish, protest bildirishning ushbu Kodeksning tegishincha 497³, 497⁴, 500 va 501-moddalarida nazarda tutilgan tartibi, muddatlari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.