Jinoyat-protsessual kodeksi

470-modda. Oqlov hukmining qaror qismi

(470-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-664-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/664/0014-сон)

Oqlov hukmining qaror qismida: 1) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi; 2) sudlanuvchini jinoyat sodir etilishida aybsiz deb e'tirof etish va uni oqlash to'g'risidagi qaror; 3) sudlanuvchiga nisbatan qo'llanilgan ehtiyot chorasini bekor qilish to'g'risidagi qaror; basharti ehtiyot chorasi sifatida u qamoqda yoki uy qamog'ida saqlanayotgan bo'lsa, oqlangan shaxsni darhol, sud majlisi zalining o'zida ozod qilish to'g'risidagi qaror; 4) qo'zg'atilgan fuqaroviy da'voni qanoatlantirish rad etilgan bo'lsa, da'voni ta'minlash uchun ko'rilgan choralarni bekor qilish to'g'risidagi qaror; 6) oqlangan shaxsning unga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash hamda ma'naviy va boshqa ziyon oqibatlarini ushbu Kodeksning 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqini e'tirof etish. Sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish prokurorga yuborilishi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.