Surishtiruvchi to'plangan dalillarni ishni sudga o'tkazish uchun yetarli deb topsa, ayblov dalolatnomasi tuzadi.
Ayblov dalolatnomasi soddalashtirilgan shaklda tuziladi va surishtiruvda aniqlangan holatlar, ayblanuvchining shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlar, e'lon qilingan ayblovning mazmuni, shuningdek surishtiruv davomida aniqlangan va ushbu jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo'lgan boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Ayblov dalolatnomasining namunaviy shakli O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
Ayblov dalolatnomasiga sud majlisiga chaqirilishi lozim bo'lgan shaxslarning yashash joyi ko'rsatilgan ro'yxati, shuningdek gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan qancha vaqt qamoqqa olish yoki uy qamog'i tariqasidagi ehtiyot chorasi qo'llanilganligi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, hukmning fuqaroviy da'vo va boshqa mulkiy undirishlar bo'yicha qismi ijrosini ta'minlash choralari, sud chiqimlari to'g'risidagi ma'lumotlar ilova qilinadi.
Sud majlisiga chaqirilishi lozim bo'lgan shaxslarning xavfsizligini ta'minlash zarur bo'lgan hollarda, ushbu Kodeksning 380-moddasi uchinchi qismiga muvofiq mazkur shaxslarning tegishli ro'yxati tuziladi va sudga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-процессуальный кодекс
381¹²-modda. Ayblov dalolatnomasi
(381¹²-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ayblov dalolatnomasi — surishtiruvchi jinoyat ishi bo'yicha yetarli dalillar topgach, sudga yuborish uchun tuzadigan rasmiy hujjat. Unda ayblanuvchining ma'lumotlari, jinoyat tafsilotlari, topilgan dalillar va sud majlisiga keladigan odamlarning ro'yxati yoziladi.
**Kimga tegishli**
Bu hujjat surishtiruvchi tomonidan tuziladi va sudga taqdim etiladi.
**Amalda**
Agar surishtiruvchi o'g'irlik ishi bo'yicha yetarli dalillar (video, guvohlar, jismoniy dalillar) topsa, ayblov dalolatnomasini tuzadi. Unda ayblanuvchining ismi, o'g'irlik qanday sodir bo'lgani, guvohlar va sud majlisiga keladigan odamlar ro'yxati bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.