Ayblanuvchining turgan joyi noma'lum bo'lganda tergovchi uning turgan joyini aniqlash uchun zarur bo'lgan barcha choralarni ko'rishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv e'lon qilishi shart.
Tergovchi faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi to'g'risida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv e'lon qilishga haqli.
Qidiruv dastlabki tergov o'tkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov to'xtatilganidan keyin ham e'lon qilinishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilishi mumkin
Qidirilayotgan ayblanuvchi ushlangan taqdirda u ushlangan joydagi prokuror ushlangan shaxsning qidirilayotgan ayblanuvchi ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
365-modda. Qidiruv e'lon qilish
(365-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 июлдаги ЎРҚ-100-сонли Қонуни таҳририда — Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2007 й., 6-сон, 249-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.