Jinoyat-protsessual kodeksi

364-modda. Dastlabki tergovni to'xtatish asoslari va tartibi

Dastlabki tergov: 1) ish bo'yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo'lgan shaxs aniqlanmagan; 2) ayblanuvchining qayerda ekanligi noma'lum bo'lgan; 3) ayblanuvchi O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan, basharti uning tergovga kelishini ta'minlash imkoniyati bo'lmasa; 4) ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan og'ir va davomli, lekin davolab bo'ladigan kasallikka chalingan hollarda to'xtatiladi. Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab to'xtatiladi. Lekin dastlabki tergov to'xtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yo'qligida bajarish mumkin bo'lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart. Dastlabki tergovni to'xtatish to'g'risida tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini prokurorga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.