Jinoyat-protsessual kodeksi

32-modda. Sud majlisi kotibi

(32-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 29 январдаги ЎРҚ-463-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.01.2018 й., 03/18/463/0634-сон — 2018 йил 1 апрелдан кучга киради)

Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifalarini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi. Sud majlisi kotibi jinoyat ishini sud majlisida ko'rish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida protsess ishtirokchilarini xabardor qiladi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshiradi, hozir bo'lmagan shaxslarning kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga ma'lum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yuritadi; raislik qiluvchining sud muhokamasini tayyorlash va o'tkazish bilan bog'liq boshqa topshiriqlarini bajaradi. Sud majlisi kotibi bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek sud majlisi barcha ishtirokchilarining harakatlari, arizalari, iltimosnomalari, ko'rsatuvlarini to'liq va to'g'ri bayon qilib borishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.