Jinoyat-protsessual kodeksi

31¹-modda. Tergov sudyasining vakolatlari

(31¹-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 15 августдаги ЎРҚ-1081-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.08.2025 й., 03/25/1081/0738-сон)

Tergov sudyasi yakka o'zi ish tutib, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda sudga qadar ish yuritish bosqichida shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini amalga oshiradi. Tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga: qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; qamoqda saqlash yoki uy qamog'i muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) ko'rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to'g'risidagi iltimosnomalarini ko'rib chiqish; tintuv o'tkazish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to'g'risidagi iltimosnomalarni ko'rib chiqish; mol-mulkni xatlash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish kiradi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan vakolatlar tergov sudyasi tomonidan ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalari tartibida qo'shimcha protsessual harakatlarni bajarish chog'ida ham amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.