Jinoyat-protsessual kodeksi

263-modda. Majburiy keltirish to'g'risidagi qaror yoki ajrim

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror majburiy keltirish to'g'risida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qarorda yoki ajrimda: majburiy keltirilishi kerak bo'lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; uning protsessual mavqei; yashash yoki ish joyi; majburiy keltirish uchun asoslar; shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi; majburiy keltirish kimga topshirilganligi ko'rsatilgan bo'lishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.