Jinoyat-protsessual kodeksi

262-modda. Majburiy keltirish lozim bo'lgan shaxslar

Majburiy keltirish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining, guvohning protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini ta'minlash uchun, basharti ular uzrsiz sabablarga ko'ra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda, qo'llaniladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinib yurgan yoki aniq yashash joyi bo'lmagan taqdirda qo'llanilishi mumkin. Sudlanuvchining sudga kelmaganligi sababini oldindan aniqlamasdan turib, majburiy keltirishga alohida hollarda, ishni ko'rish sudlanuvchi bo'lmaganligi sababli keyinga qoldirilayotgan va bunda uning turgan joyi to'g'risida ma'lumot bo'lmagan taqdirda yo'l qo'yiladi. Guvohga yoki jabrlanuvchiga nisbatan majburiy keltirishning qo'llanilgani ularni ko'rsatuv berishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.