Jinoyat-protsessual kodeksi

204²-modda. Raqamli dalillar

(204¹ ва 204²-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlar to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud bo'lgan elektron ma'lumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmog'ida saqlanayotgan ma'lumotlar, shuningdek boshqa elektron ma'lumotlar raqamli dalillardir. Raqamli dalildan ko'chirma nusxa olishga, basharti uning yaxlitligi va aynan o'xshashligi saqlansa, yo'l qo'yiladi. Raqamli dalildan ko'chirma nusxa olishga yo'l qo'yilishi o'zidan mazkur ko'chirma nusxa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan ta'minlanadi. Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslar raqamli dalillarning ko'chirma nusxalarini qog'ozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qog'ozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan, elektron ma'lumotlar tarzida shakllantirilgan audio-, videoyozuvlar ham raqamli dalillar hisoblanadi. Raqamli dalilning ko'chirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.