Elektron ma'lumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma'lumotlardir.
Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslar elektron ma'lumotlarni ushbu ma'lumotlarning ko'chirma nusxasini elektron jismdan elektron ma'lumotlar mavjud bo'lgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taqdim etilgan elektron ma'lumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib oladi hamda elektron ma'lumotlar mavjud bo'lgan birlamchi elektron jismlarni ko'zdan kechiradi.
Ish uchun ahamiyatga ega bo'lmagan elektron ma'lumotlar mavjud bo'lgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
204¹-modda. Elektron ma'lumotlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.