Surishtiruvchi, tergovchi olib qo'yish yoki tintuv o'tkazilgani to'g'risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda bayonnoma tuzadi. Sud tomonidan o'tkazilgan narsalarni, hujjatlarni va elektron ma'lumotlarni olib qo'yish natijalari sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Bayonnomada narsalarning, hujjatlarning va elektron ma'lumotlar mavjud bo'lgan elektron jismlarning aynan qayerda va qanday sharoitda topilganligi, ixtiyoriy ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi ko'rsatilishi kerak. Barcha olingan narsalar, hujjatlar va elektron ma'lumotlar mavjud bo'lgan elektron jismlar bayonnomada birma-bir qayd qilinib, ularning miqdori, o'lchovi, og'irligi, har qaysisining o'ziga xos belgilari ko'rsatilishi, zarurat bo'lgan taqdirda o'ralishi va muhrlanishi kerak.
Olib qo'yish yoki tintuv vaqtida izlanayotgan narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron ma'lumotlarni yo'q qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir bo'lgan taqdirda, bu hol surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ko'rilgan choralar ham ko'rsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
163-modda. Olib qo'yish yoki tintuv bayonnomasi
(163-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.