Ushbu Kodeksning 157 va 158-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsalarni, hujjatlarni hamda elektron ma'lumotlar mavjud bo'lgan elektron jismlarni olib qo'yishi mumkin.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi faqat ushbu Kodeksning 224-moddasiga asosan shaxsni ushlagan taqdirda, unda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo'lsa, uni shaxsiy tintuv qilishni va olib qo'yishni amalga oshirishga ham haqlidir. Bunda shaxsiy tintuv va olib qo'yish bayonnomasi ushbu Kodeksning 163-moddasi talablariga rioya qilgan holda tuziladi.
Shaxsiy tintuv va olib qo'yish ushbu Kodeksning 157, 158, 159, 160 va 161-moddalarida ko'rsatilgan qoidalar asosida o'tkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qo'yish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan o'tkazilishi mumkin:
1) gumon qilinuvchini ushlash chog'ida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli asoslar bo'lganda (ushbu Kodeksning 224-moddasi);
2) gumon qilinuvchi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinib, uni ushlash haqida ushbu Kodeksning 225-moddasiga asosan bayonnoma tuzilganda;
3) ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilayotganida, basharti uning yonida qurol, shuningdek saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun ahamiyatga molik narsalar, hujjatlar va elektron ma'lumotlar bo'lishi mumkin deb o'ylashga yetarli asoslar bo'lganida;
4) olib qo'yish yoki tintuv o'tkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qo'yish va tintuv o'tkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga ko'ra olinishi zarur bo'lgan narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron ma'lumotlar mavjud bo'lgan elektron jismlarni o'z yonida yashirincha saqlamoqda deb o'ylash uchun yetarli asoslar bo'lganida.
Shaxsiy tintuv hamda narsa va hujjatlarni olib qo'yish tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mutaxassis hamda xolislar ishtirokida o'tkazilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
162-modda. Shaxsiy tintuv va olib qo'yish
(162-модда учинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.