Sudya tintuv o'tkazish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, tintuv o'tkazish to'g'risida yoki tintuv o'tkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Sudyaning tintuv o'tkazishni rad etish to'g'risidagi ajrimi asoslantirilgan bo'lishi kerak.
Sudyaning tintuv o'tkazish to'g'risidagi ajrimi o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Sud tintuv o'tkazishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi.
Sudyaning tintuv o'tkazish to'g'risidagi yoki tintuv o'tkazishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan o'ziga nisbatan tintuv o'tkazilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan e'tiboran yigirma to'rt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to'rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan e'tiboran yigirma to'rt soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko'rib chiqishi kerak.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning tintuv o'tkazish to'g'risidagi ajrimi ijrosini to'xtatib turmaydi.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqib, o'z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o'zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va tintuv o'tkazishga rozilik berishga yoki tintuv o'tkazishni rad etishga haqli.
Tintuv o'tkazish rad etilgan taqdirda, mazkur masala bo'yicha takroran sudga murojaat qilishga tintuv o'tkazishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
158³-modda. Sud ajrimi
(158¹ — 158³-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.