Tintuv o'tkazish uchun asoslar mavjud bo'lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv o'tkazish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida uni o'tkazish uchun asoslarni bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Tintuv o'tkazish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv o'tkazish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror tintuv o'tkazish to'g'risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo'lgan taqdirda, tintuv o'tkazish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Kechiktirib bo'lmaydigan hollarda tintuv tergovchining yoki surishtiruvchining qaroriga asosan sudning roziligisiz o'tkazilishi mumkin, biroq keyinchalik sud va prokuror o'tkazilgan tintuv haqida yigirma to'rt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib bo'lmaydigan holatlar aniq ko'rsatilishi kerak. Tintuv o'tkazish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv o'tkazish haqidagi qarorining, tintuv bayonnomasining va zarur materiallarning ko'chirma nusxalari ilova qilinadi. Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya o'tkazilgan tintuvning qonuniyligini qirq sakkiz soat ichida ushbu Kodeksning 158² va 158³-moddalari tartibida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi to'g'risida ajrim chiqaradi. Agar sudya o'tkazilgan tintuvni qonunga xilof deb topsa, tintuv o'tkazish chog'ida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 95¹-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
158¹-modda. Tintuv o'tkazish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.