Sudya murdani eksgumatsiya qilish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, murdani eksgumatsiya qilish to'g'risida yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimi asoslantirilgan bo'lishi kerak.
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish to'g'risidagi ajrimi o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa ma'lumot uchun yuboriladi.
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish to'g'risidagi yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e'tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to'rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e'tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko'rib chiqishi kerak.
Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi sudning murdani eksgumatsiya qilish to'g'risidagi ajrimi ijrosini to'xtatib turadi.
Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko'rib chiqib, o'z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o'zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va murdani eksgumatsiya qilishga ruxsat berishga yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etishga haqli.
Murdani eksgumatsiya qilish rad etilgan taqdirda, aynan o'sha murdaga nisbatan mazkur masala bo'yicha takroran sudga murojaat qilishga murdani eksgumatsiya qilishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
148²-modda. Sud ajrimi
(148²-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.