Ko'zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo'lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida mazkur tergov harakatini o'tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror murdani eksgumatsiya qilish to'g'risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo'lgan taqdirda, murdani eksgumatsiya qilish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Sud murdani eksgumatsiya qilishni surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi, bu haqda ajrim chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
148-modda. Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi
(148-модда Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.