Jinoyat kodeksi

76-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish

(76-модда Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 июлдаги ЎРҚ-99-сонли Қонуни асосида учинчи ва тўртинчи қисмлар билан тўлдирилган — Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2007 й., 6-сон, 248-модда)

Hukm etilgan shaxs amnistiya akti yoki afv etish asosida asosiy va ijro etilmagan qo'shimcha jazolardan ozod qilinishi yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning o'talmay qolgan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin. Agar amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoxud jazoni yengilrog'i bilan almashtirish qo'llanilgan shaxs jazoning o'talmay qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha jazo tayinlaydi. Afv etish to'g'risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin, agar jazoni o'tash davrida mahkum qat'iy tuzalish yo'liga o'tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o'qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo'layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o'tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin berilishi mumkin. Afv etish to'g'risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin, agar jazoni o'tash davrida mahkum qat'iy tuzalish yo'liga o'tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o'qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo'layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o'tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o'n besh yilini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.