Ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning o'talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkin.
Jazoni yengilrog'i bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan jazo turlari uchun o'rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo'lgan mahkumga nisbatan qo'llanilishi mumkin.
Jazoni yengilrog'i bilan almashtirish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida to'rtdan bir qismini;
b) og'ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo'lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini;
v) o'ta og'ir jinoyati uchun, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin qo'llanilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o'talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o'talmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
Jazoning o'talmagan qismini yengilrog'i bilan almashtirish ushbu Kodeksning 73-moddasi to'rtinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli qismini o'tab bo'lganlaridan keyin ushbu Kodeksning 73-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishlari mumkin.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning o'talmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
74-modda. Jazoni yengilrog'i bilan almashtirish
(74-модда учинчи қисмининг «в» банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.