Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo'yniga olish to'g'risida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo'lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma a'zosi bo'lgan shaxs, agar u aybini bo'yniga olish to'g'risida arz qilgan, chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga yordam bergan bo'lsa, basharti u og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo'lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko'rsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lgan taqdirda sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
71-modda. Aybdor o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
(71-модда Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 27 декабрдаги ЎРҚ-277-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 52-сон, 509-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.