Jinoyat kodeksi

276⁴-modda. Kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash

Kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o'g'rilik yoki firibgarlik yo'li bilan qonunga xilof ravishda egallash, — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakat: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) o'zlashtirish, rastrata qilish yoki mansab mavqeini suiiste'mol qilish yo'li bilan; g) talonchilik yo'li bilan; d) tamagirlik yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakat: a) bosqinchilik yo'li bilan; b) ko'p miqdorda; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.