Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste'mol qilishga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud alohida toifadagi kuchli ta'sir qiluvchi moddalar hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta'sir qiladigan vositalar va moddalarni iste'mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud alohida toifadagi kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni iste'mol etishga jalb qilish, —
uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoxud ularning analoglarining yoki kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasi bilan bog'liq jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
v) ta'lim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (o'quvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (o'quvchilar) tomonidan o'quv, sport yoki jamoat tadbirlarini o'tkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan bo'lsa;
g) odam o'limiga yoki boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
276¹⁰-modda. Voyaga yetmagan shaxsni g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.