Jinoyat kodeksi

229³-modda. Shaharsozlik to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(229³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1050-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.03.2025 й., 03/25/1050/0276-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 27 июнь)

Qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ob'yektlarni qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyalarining ruxsatnomasiz qurish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ko'p kvartirali uylardagi tayanch konstruktsiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o'zgartirish va (yoki) rekonstruktsiya qilish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shaharsozlik to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob'yektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruktsiya qilish va qurish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko'chmas mulk ob'yektlarining qo'riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o'zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko'ra Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo'riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros ob'yektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa ob'yektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar odam o'lishiga yoxud boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u ko'p kvartirali uylardagi tayanch konstruktsiyalarning amalga oshirilgan o'zgartirilishini yoki ularni rekonstruktsiya qilish tufayli yo'l qo'yilgan buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.