Jinoyat kodeksi

229²-modda. Diniy ta'limotdan saboq berish tartibini buzish

(229²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 8 августдаги ЎРҚ-1080-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2025 й., 03/25/1080/0710-сон)

Maxsus diniy ma'lumoti bo'lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta'limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta'limotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Maxsus diniy ma'lumoti bo'lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxsga diniy ta'limotdan saboq berish, xuddi shuningdek voyaga yetmagan shaxsga xususiy tartibda diniy ta'limotdan saboq berish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.