O'zganing tovar belgisidan, xizmat ko'rsatish belgisidan, geografik ko'rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o'xshash bo'lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o'zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tkazilmagan tovar belgisiga, xizmat ko'rsatish belgisiga, geografik ko'rsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantiruvchi tamg'adan qonunga xilof ravishda foydalanish ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) xizmat mavqeidan foydalangan holda;
g) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning o'rnini jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda qoplagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
149²-modda. O'zganing tovar belgisidan, xizmat ko'rsatish belgisidan, geografik ko'rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o'xshash bo'lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o'zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.