Jinoyat kodeksi

149-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish

(149-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 8 августдаги ЎРҚ-1080-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2025 й., 03/25/1080/0710-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 10 ноябрь)

Asarga, ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, selektsiya yutug'iga va integral mikrosxema topologiyasiga nisbatan mualliflikni o'zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek ushbu intellektual mulk ob'yektlari to'g'risidagi ma'lumotlarni ular rasman e'lon qilinguniga qadar muallifning roziligisiz oshkor etish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) xizmat mavqeidan foydalangan holda; g) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, — bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.