Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo'ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo'lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Mahkumlarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala yoxud jazo turlarining qo'llanilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
8-modda. Mahkumlar huquqiy holatining asoslari
(8-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.