Jazoni umumiy, qattiq tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari qabul bo'linmalarining kameralarida, shuningdek maxsus tartibli koloniyalarning kameralarida o'tayotgan ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar, agar ular ochiq havoda ishlayotgan bo'lmasa, har kuni muddati ikki soatlik sayr qilish huquqiga ega.
Sayr qilishning muddati jazoni ijro etish koloniyalarining, tergov hibsxonalari va turmalarning intizomiy bo'linmalarida saqlanayotgan mahkumlar uchun ushbu Kodeksning 109 va 127-moddalari bilan, jazoni turmalarda o'tayotgan mahkumlar uchun esa 123-moddasi bilan belgilanadi.
Mahkumlarning sayr qilishi maxsus jihozlangan sayr qilish hovlilarida kunduzgi vaqtda o'tkaziladi. Sayr qilish, mahkum jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini buzgan taqdirda, muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
79¹-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning sayr qilishi
(79¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 30 августдаги 535-II-сон Қонуни билан киритилган — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2003 й., 9-10-сон, 149-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.