Xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini mahkum harbiy xizmat o'tayotgan joydagi, ushbu Kodeks 14-moddasining uchinchi qismida ko'rsatilgan komandir (boshliq) amalga oshiradi.
Komandir (boshliq) hukm nusxasini va sud farmoyishini olganidan keyin uch kun ichida quyidagilarni ko'rsatgan holda buyruq chiqaradi:
mahkum harbiy xizmatchini lavozim va harbiy unvonda ko'tarishga taqdim etmaslik asosi va muddati;
harbiy xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berish hamda pensiya tayinlash uchun uning xizmat muddatiga qo'shib hisoblanmaydigan vaqt;
mahkumning pul ta'minotidan davlat foydasiga o'tkaziladigan chegirma miqdori.
Komandir (boshliq) buyrug'i mahkum harbiy xizmatchi e'tiboriga yetkaziladi va uning shaxsiy hujjatlar yig'majildiga hukm nusxasi bilan birgalikda qo'shib qo'yiladi.
Komandir (boshliq) hukm ijro etilganligi haqida hukm chiqargan sudga uch kunlik muddat ichida xabar beradi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
141-modda. Xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.