Afv etish to'g'risida iltimosnoma berish va uni ko'rib chiqish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Afv etish to'g'risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin, agar jazoni o'tash davrida mahkum qat'iy tuzalish yo'liga o'tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o'qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo'layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o'tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin berilishi mumkin.
Afv etish to'g'risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin, agar jazoni o'tash davrida mahkum qat'iy tuzalish yo'liga o'tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o'qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo'layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o'tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o'n besh yilini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
140-modda. Afv etish to'g'risida iltimosnoma berish
(140-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.