Уголовно-исполнительный кодекс

132-modda. Bolalarni jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish

(132-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 июндаги ЎРҚ-625-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.07.2020 й., 03/20/625/1007-сон)

Mahkuma ayollarni saqlashga mo'ljallangan koloniyalar qoshida bolalar uyi tashkil etiladi, unda bolalar normal yashashi va kamol topishi uchun zarur sharoitlar ta'minlanadi. Mahkuma ayollar uch yoshga to'lmagan bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan bo'sh vaqtida ular bilan cheklanmagan miqdorda muloqotda bo'lishga haqli. Bolalar uyidagi bola uch yoshga to'lganidan keyin onasining roziligi bilan uning qarindoshlariga yoki, homiylik va vasiylik organining qaroriga binoan, boshqa shaxslarga berilishi yoxud tegishli bolalar muassasalariga yuborilishi mumkin. Agar mahkumaning jazoni o'tash muddati tugashiga ko'pi bilan bir yil qolgan va u onalik burchlarini lozim darajada bajarib kelgan bo'lsa, muassasa ma'muriyati bolaning bolalar uyida bo'lish vaqtini uzaytirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.