Tuzalish yo'liga o'tgan mahkuma ayollarga homiladorlik va tug'ish bo'yicha ishdan ozod etilgan vaqt mobaynida, shuningdek bolasi uch yoshga to'lgunga qadar muassasa boshlig'ining prokuror tasdiqlagan qarori bilan koloniya hududidan tashqarida yashashga ruxsat etilishi mumkin.
Muassasa hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasining to'rtinchi qismida ko'rsatilgan mahkumlarga berilmaydi.
Koloniya hududi doirasidan tashqarida yashaydigan mahkumalar:
xona tipidagi turar joylarda joylashadilar va muassasa ma'muriyatining nazorati ostida bo'ladilar;
ertalab o'rindan turishdan kechki yotishgacha bo'lgan vaqt mobaynida belgilangan yo'nalishlar doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar;
fuqarolar kiyadigan kiyimda yurishlari, yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin;
cheklanmagan miqdorda banderol, posilka va yo'qlovlar olish hamda jo'natish, qisqa muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. Qisqa muddatli uchrashuvlar, odatda, ishdan bo'sh vaqtda beriladi.
Muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
jazoni o'tash tartibi muntazam ravishda yoki bir marta qo'pol tarzda buzilganda;
homiladorlik va tug'ish bo'yicha ishdan ozod qilish davri tugaganda;
bola uch yoshga to'lganda.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
131-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan tashqarida yashashi
(131-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.