Уголовно-исполнительный кодекс

11-modda. Mahkumlarning shaxsiy xavfsizlik huquqi

(11-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 июндаги ЎРҚ-625-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.07.2020 й., 03/20/625/1007-сон)

Mahkum shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega. Intizomiy qismga jo'natishga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning shaxsiy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, u o'z shaxsiy xavfsizligini ta'minlash to'g'risidagi ariza (xabar) bilan jazoni ijro etish muassasasining yoki organining har qanday xodimiga og'zaki yoki yozma ravishda murojaat qilishga haqli. Mahkumning arizasini (xabarini) qabul qilgan xodim zudlik bilan uni jazoni ijro etish muassasasining yoki organining boshlig'iga taqdim etadi. Mahkumning shaxsiy xavfsizligini ta'minlash to'g'risidagi arizasi (xabari) mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini ta'minlash to'g'risidagi arizalarini (xabarlarini) qayd etish kitobida jazoni ijro etish muassasasining yoki organining mas'ul shaxsi tomonidan ro'yxatdan o'tkaziladi. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig'i shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash to'g'risidagi arizani (xabarni) olgandan so'ng mahkumni xavfsiz joyga vaqtinchalik joylashtirishi shart. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig'i shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash to'g'risidagi arizani (xabarni) ko'rib chiqadi va mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo'llash to'g'risida yoxud ularni qo'llashni rad etish haqida uch sutka ichida qaror qabul qiladi. Kechiktirib bo'lmaydigan hollarda mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo'llash to'g'risidagi qaror darhol qabul qilinadi. Mahkum qabul qilingan qaror bilan imzo qo'ydirib tanishtiriladi. Xavfsizlik choralarini qo'llash to'g'risidagi yoki ularni qo'llashni rad etish haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan paytdan e'tiboran yigirma to'rt soat ichida ko'rib chiqilishi lozim. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig'i mahkumning xavfsizligini ta'minlash maqsadida «Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan xavfsizlik choralarini qo'llaydi. Xavfsiz joyga o'tkazilgan mahkum jazoni bu yerga o'tkazilguniga qadar belgilangan saqlash sharoitlarida o'taydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.