Уголовно-исполнительный кодекс

109-modda. Mahkumlarni intizomiy bo'linmaga kiritib qo'yish tariqasidagi jazoni qo'llash xususiyatlari

(109-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)

Jazoni ijro etish muassasalarining intizomiy bo'linmalariga quyidagilar kiradi: manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalarining hibsxonalari; umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning hibsxonalari va kartserlari; tergov hibsxonalarining va turmalarning kartserlari. Mahkumlar hibsxonalar va kartserlarga o'n besh sutkagacha, tarbiya koloniyalarining hibsxonalariga esa, o'n sutkagacha bo'lgan muddatga kiritib qo'yiladi. Jazoni o'tash tartibini ashaddiy buzuvchi mahkumlar umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning kartserlariga olti oygacha, ayollar saqlanadigan koloniyalarda esa — uch oygacha bo'lgan muddatga o'tkazib qo'yiladi. Hibsxonalarga kiritib qo'yilgan mahkumlarga uchrashuv, masofali video-uchrashuv, telefon orqali so'zlashuv, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yo'qlov va banderollar olish hamda jo'natish, xatlar va boshqa jo'natmalar yuborish taqiqlanadi. Ularga chekish, stolda o'ynaladigan o'yinlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Mahkumlar har kuni muddati bir yarim soatlik sayrdan foydalanish huquqiga ega. Kartserlarda mahkumlarga uchrashuv, masofali video-uchrashuv, telefon orqali so'zlashuv, posilka, yo'qlov va banderollar olish hamda jo'natish, stolda o'ynaladigan o'yinlardan foydalanish taqiqlanadi. Umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning kartserlariga o'tkazilgan mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha pul sarflash; har kuni muddati ikki soatlik sayrdan foydalanish. Maxsus tartibli koloniyalarning, tergov hibsxonalari va turmalarning kartserlarida mahkumlarni yakka saqlash belgilanadi. Mahkumlarni intizomiy bo'linmaga kiritib qo'yish va o'tkazish muassasa boshlig'ining jazo muddati ko'rsatilgan qarori asosida hamda tibbiy ruxsatnoma bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi. Mahkumlar intizomiy bo'linmalardan davolash-profilaktika muassasalariga o'tkazilgan taqdirda ular davolash-profilaktika muassasalarida bo'lgan vaqt jazoni o'tash muddatiga qo'shib hisoblanadi. Intizomiy bo'linmalarga: I guruh nogironligi bo'lgan shaxslar; homiladorlik va tug'ish bo'yicha ishdan ozod etilgan, shuningdek yonida emizikli bolasi bor ayollar kiritilmaydi. Intizomiy bo'linmalarda saqlanayotgan mahkumlar mehnatga jalb etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.