Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto'g'ri yoki yetarli darajada to'liq bo'lmagan ma'lumot berilganligi:
zarur iste'mol xossalariga ega bo'lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo'lsa, iste'molchi shartnomani bekor qilishga va o'ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;
sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan ko'zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo'lsa, iste'molchi tegishli ma'lumot oqilona qisqa (ko'pi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Agar ma'lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste'molchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;
iste'molchining hayotiga, sog'lig'iga yoxud mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa, u ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oldiga qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni qo'yishga haqlidir.
Iste'molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto'g'ri yoki yetarli darajada to'liq bo'lmagan ma'lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste'molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi.
Noto'g'ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste'molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to'liq hajmda qoplanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
7-modda. Tovar (ish, xizmat) haqida noto'g'ri ma'lumot berilgan taqdirda iste'molchining huquqlari
(7-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.