Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste'molchiga o'zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o'z vaqtida zarur, to'g'ri va tushunarli ma'lumot berishi shart. Bunda mazkur ma'lumot tovarlarning etiketkalarida, tamg'alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda iste'molchilarga yetkazilishi mumkin.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma'lumotda quyidagilar ko'rsatilishi shart:
tovarning (ishning, xizmatning) nomi;
tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo'lgan normativ hujjatning nomi;
tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste'mol xususiyatlari, shu jumladan, o'ziga xos xususiyatlari ro'yxati;
narxi (tarifi) va sotib olish shartlari;
normativ-huquqiy hujjatlarga yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarish sanasi ko'rsatilishi kerak bo'lgan tovarning ishlab chiqarilgan sanasi;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste'molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan oqibatlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) to'liq nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili);
tovar kelib chiqqan mamlakatning nomi;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste'molchidan da'vo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, ta'mirlashlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko'rsatadigan korxonalarning manzillari;
tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari.
kontsert-tomosha tadbirlari o'tkazilayotganda fonogrammadan foydalanish to'g'risidagi axborot.
Kontsert-tomosha tadbirining dasturida ijrochilar va asar mualliflari to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi shart.
Tovar (ish, xizmat) to'g'risidagi ma'lumot iste'molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma'lumot qo'shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Texnik jihatdan tartibga solinishi majburiy bo'lgan tovar bo'yicha iste'molchiga uning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi to'g'risida tegishli ma'lumotlar taqdim etilishi kerak.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yo'qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni realizatsiya qilish ma'lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining ko'rsatmasi bo'yicha to'xtatib turilishiga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
6-modda. Tovar (ish, xizmat)lar to'g'risidagi ma'lumot
(6-модда иккинчи қисмнинг ўн тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 11 мартдаги ЎРҚ-1046-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2025 й., 03/25/1046/0229-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.