Nuqsonli tovar sotilganda iste'molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o'tilmagan bo'lsa, o'z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste'molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
shartnomani bekor qilib, ko'rilgan zararni qoplash.
Agar nuqsonlar:
tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;
kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo'yicha olti oy mobaynida;
ko'chmas mulk iste'molchiga o'tkazilgan kundan e'tiboran ikki yil mobaynida, agar shartnomada bundan uzoqroq muddat nazarda tutilmagan bo'lsa;
mavsumiy tovarlar uchun O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan muddat mobaynida aniqlangan bo'lsa, iste'molchi mazkur huquqlarini ro'yobga chiqarishi mumkin.
Iste'molchi o'ziga sotilgan to'plamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi bo'lgan va mustaqil narxga ega bo'lgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun to'plam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qo'yishga haqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan talablarni iste'molchi sotuvchiga qo'yadi.
Iste'molchining talablari u kassa yoki tovar chekini yoxud sotib olinganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni (dalillarni), kafolat muddati belgilangan tovarlar bo'yicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o'rnini bosuvchi boshqa hujjatga taqdim etgan taqdirda ko'rib chiqiladi.
Iste'molchining texnik pasportni yo'qotib qo'ygan taqdirda, uni qayta tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Tovarda aniqlangan nuqsonlar ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etiladi. Ishlab chiqaruvchi bilan sotuvchining o'zaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
13-modda. Iste'molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari
(13-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 январдаги ЎРҚ-1021-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.01.2025 й., 03/25/1021/0063-сон)
Oddiy tilda
**Nuqsonli tovar sotilganda iste'molchining huquqlari**
Nimani anglatadi
Agar siz nuqsonli tovar sotib olgan bo'lsangiz, uni qaytarish yoki almashtirishga haqli. Siz tovarni ta'mirlantirish, narxini kamaytirish yoki pul qaytarish talabini qo'yishingiz mumkin. Bu huquqlar kafolat muddati ichida amal qiladi — kafolat yo'q bo'lsa, olti oylik muddat beriladi.
Kimga tegishli
Bu huquqlar har qanday iste'molchiga (xarid qilgan shaxsga) tegishli.
Amalda
Siz yangi telefon sotib oldingiz, lekin bir hafta o'tib ekrani sinib ketdi. Chekingizni ko'rsatib sotuvchiga murojaat qilsangiz, yangi telefonni almashtirib berish yoki pul qaytarish talabini qo'yishingiz mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.