«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun

12¹-modda. Oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha tovarni topshirish muddatini (muddatlarini) buzish

(12¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 31 июлдаги ЎРҚ-1078-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.08.2025 й., 03/25/1078/0682-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 2 ноябрь)

Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda (muddatlarda) tovarni iste'molchiga topshirishi shart. Tovarni topshirish sotuvchi tomonidan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq uni iste'molchiga yoki u ko'rsatgan shaxsga topshirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan muddatda (muddatlarda) tovarni topshirish bo'yicha majburiyatni bajarmagan taqdirda, sotuvchi kechiktirilgan har bir vaqt birligi (shartnomada ko'rsatilgan daqiqa, soat, kun) uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida iste'molchiga penya to'laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerak. Penyani to'lash sotuvchini oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan muddatda (muddatlarda) tovarni topshirish bo'yicha majburiyatni buzganlik oqibatida iste'molchiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashdan ozod etmaydi. Sotuvchining ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan penyani to'lashi va zararning o'rnini qoplashi sotuvchini majburiyatlarni asl holida bajarishdan ozod etmaydi. Oldi-sotdi shartnomasini tuzishda va savdo qoidalarini belgilashda penya miqdori ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan miqdordan kam etib belgilanishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.