Ko'chmas mulk, shu jumladan binolar, inshootlar, ko'p kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo'lgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalari, qonunda ko'chmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga bo'lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi bo'lishi mumkin.
Ipoteka to'g'risidagi qoidalar:
qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;
yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xo'jaligini yuritish uchun qonunchilikka muvofiq berilgan yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar garoviga;
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ijaraga oluvchining ko'chmas mulk ijarasi to'g'risidagi shartnoma bo'yicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qo'llaniladi.
Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin bo'lmagan ko'chmas mulk ipoteka narsasi bo'lishi mumkin emas.
Qonunchilikda majburiy xususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki xususiylashtirilishi taqiqlangan yoxud cheklangan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ipoteka narsasi bo'lishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
6-modda. Ipoteka narsasi
(6-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.