Ipotekaga qo'yuvchi garovga qo'yilgan korxonaga nisbatan mazkur korxonaga tegishli mol-mulkni sotish, ayirboshlash, ijaraga berish, qarzga berish va boshqacha tarzda tasarruf etishga, shuningdek mazkur mol-mulk tarkibiga o'zgartishlar kiritishga, agar ular korxonaga tegishli mol-mulkning ipoteka to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilgan umumiy qiymati kamayishiga olib kelmasa hamda ipoteka to'g'risidagi shartnomaning boshqa shartlarini buzmasa, haqli.
Agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga qo'yuvchi ipotekaga oluvchining ruxsatisiz korxonaga tegishli mol-mulkni garovga qo'yishga, korxonaga tegishli ko'chmas mulkni tasarrufdan chiqarishga qaratilgan bitimlar tuzishga haqli emas.
Ipotekaga oluvchi ipotekaga qo'yuvchiga nisbatan o'z talablarining bajarilishini ta'minlash maqsadida:
ipotekaga qo'yuvchidan buxgalteriya va boshqa hisobot hujjatlari muntazam ravishda taqdim etilishini, korxonaga tegishli mol-mulkka doir bitimlarni tuzish bilan bog'liq masalalar oldindan kelishib olinishini talab qilishga;
korxonaga tegishli mol-mulk mulkdoriga yoki u vakolat bergan organga korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish talabi bilan murojaat etishga;
ipotekaga qo'yuvchi tuzgan bitim haqiqiy emas deb topilishini so'rab sudga da'vo taqdim etishga;
shartnomaga yoki qonunga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirishga haqlidir.
Korxonani ipotekaga qo'yuvchi garovga qo'yilgan mol-mulk asralishini ta'minlaydigan chora-tadbirlarni ko'rmagan, bu mol-mulkdan korxona qiymati kamayishiga olib kelishi mumkin bo'lgan tarzda samarasiz foydalangan taqdirda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishi to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat etishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
59-modda. Ipotekaga qo'yuvchi va ipotekaga oluvchining garovga qo'yilgan korxonaga nisbatan huquqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.