«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

12-modda. Ipoteka to'g'risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro'yxatidan o'tkazish

(12-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan ko'chmas mulk olish chog'idagi ipoteka to'g'risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi. Ipoteka to'g'risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.