Ipotekaga qo'yuvchi ipoteka to'g'risida shartnoma tuzilayotganda ipoteka davlat ro'yxatidan o'tkazilayotgan paytda o'ziga ma'lum bo'lgan uchinchi shaxslarning ipoteka narsasiga bo'lgan barcha huquqlari (garov, yer uchastkasiga bo'lgan huquqlar, servitutlar va boshqa huquqlar) haqida ipotekaga oluvchini yozma shaklda ogohlantirishi shart. Bu majburiyatning bajarilmasligi ipotekaga oluvchiga ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini yoki ipoteka to'g'risidagi shartnoma shartlari o'zgartirilishini talab qilish huquqini beradi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
11-modda. Ipotekaga oluvchini uchinchi shaxslarning ipoteka narsasiga bo'lgan huquqlari to'g'risida ogohlantirish
(11-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.