Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, to'liq va xolis ko'rib chiqishga asoslangan o'z ichki ishonchi bo'yicha baho beradi.
Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning yig'indisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga to'g'ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi.
Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo'yilgan kuchga ega emas.
Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat ko'chirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yo'qotilgan va sudga topshirilmagan bo'lsa, va ushbu hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan ko'chirma nusxalari o'zaro bir xil bo'lmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab bo'lmasa, isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
74-modda. Dalillarga baho berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.