Ishning iqtisodiy sud tomonidan hammaga ma'lum deb topilgan holatlari isbotlashga muhtoj emas.
Iqtisodiy sudning ilgari ko'rilgan ish bo'yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar sud xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni ko'rayotganida yangidan isbot qilinmaydi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha sudning yoki ma'muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni ko'rayotgan iqtisodiy sud uchun fuqarolik ishlari bo'yicha sudning yoki ma'muriy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli bo'lgan holatlarga doir masalalar bo'yicha majburiydir.
Jinoyat ishlari bo'yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari bo'yicha iqtisodiy sud uchun majburiydir.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
73-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.